“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq navbatdagi jinoyat aniqlandi va fosh etildi.
Xususan, Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs (L.D.) Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona politilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasi 400 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.
Tadbir davomida uning yonidan hamda boshqaruvidagi avtobusdan yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






