AsosiyJamiyat

Jinsiy a'zolariga tilla yashirib chegaradan o'tmoqchi bo'lgan ayollar qo'lga tushdi

Toshkent aeroportida 410 gramm tilla yashirincha olib chiqishga urinagan ikki ayol ushlandi.

'Jinsiy a'zolariga tilla yashirib chegaradan o'tmoqchi bo'lgan ayollar qo'lga tushdi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportida Istanbulga uchish arafasida ikki nafar yo‘lovchi tilla buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqishga urinishi fosh etildi.

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, "Toshkent xalqaro aeroporti" chegaraviy bojxona posti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik davomida shubhali harakat qilgan ikki nafar ayol tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida ular tilla taqinchoqlarni yashirincha olib chiqish maqsadida ichki a’zolariga berkitib olgani aniqlandi. 

Ularning biri 252 gramm, ikkinchisi esa 158 gramm og‘irlikdagi tilla buyumlarni shu tarzda olib chiqishga uringan.

Shuningdek, ayollarning qo‘l sumkalarida ham bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 64 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, musodara qilingan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati taxminan 720 mln so‘mni tashkil etadi.

Hozirda usbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar