AsosiyJamiyat

Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

'Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

2025 yil yozida Angren shahrida sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik ishlari bo‘yicha sud hukmi chiqdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Sud jarayonida 2003–2006 yilda tug‘ilgan to‘rt shaxs 14 yoshli S.Y.ga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda aybdor deb topildi. Ular Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalariga muvofiq jazoga tortildi.

Hukmga ko‘ra:

— S.Q. — 10 yil ozodlikdan mahrum qilindi;

— Z.U. — 12 yil;

— D.O‘. — 10,5 yil;

— A.U. — 7,5 yil.

Ish birinchi instansiyada yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Taraflar qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati bilan Toshkent viloyat sudiga murojaat qilish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning zaharlanishi 2025 yil iyulda ma’lum bo‘lgan va uning ahvoli og‘irligi sababli Angren bolalar shifoxonasida tegishli mutaxassislik yo‘qligi bois, qizni Toshkentga yuborish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish zarur bo‘lgan. Shuningdek, holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan.

    Boshqa yangiliklar