AsosiyJamiyat

Elektrov va gaz tizimida korruptsiya: ikki hududda xodimlar ushlanadi

Ular pul evaziga hujjatlarni rasmiylashtirish va qarzdorlikni “yopib berish”ni va’da qilgan.

'Elektrov va gaz tizimida korruptsiya: ikki hududda xodimlar ushlanadi'ning rasmi

Namangan va Surxondaryo viloyatlarida elektro hamda gaz ta’minoti sohasi xodimlarining korrupsion harakatlari tezkor tadbirlar davomida fosh etildi. Ular pul evaziga hujjatlarni rasmiylashtirish va qarzdorlikni “yopib berish”ni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumani elektro tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi tadbirkorga tegishli MChJ binosiga o‘rnatilgan 50 kVt quvvatli quyosh paneli uchun texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Surxondaryo viloyatida esa “Uzuntumangaz” bo‘limi xodimi fuqaroga tegishli gaz hisoblag‘ich nosozligi tufayli yuzaga kelgan 23 mln so‘m qarzdorlikni bartaraf etib berish va dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan. Tergov davomida ushbu ishga uning yana bir hamkasbi ham aloqador ekani aniqlandi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:32

    Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi

    Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:25

    Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi

    Lekin shoxobchalar ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    'Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:46

    Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi

    Bildirilishicha, yong‘in qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

    'Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:21

    Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?

    Yaqinlargacha boʻlgan koʻpgina mintaqaviy tashabbuslar ham shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

    'Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:26

    Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi

    Kattaqo‘rg‘on va Xivada haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

    'Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:19

    Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi

    Бу ҳақда пойтахт ҳокимлиги маълум қилди.