AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi

Bildirilishicha, yong‘in qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

'Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi'ning rasmi

Toshkentda yangi qurilayotgan dom yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 13 mart kuni soat 11:08 da Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko‘chasida joylashgan, yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yuz bergan.

Aytilgan manzilga qutqaruv ekipajlari soat 11:09 da yetib borib, yong‘in soat 11:16 da qurshab olinib, soat 11:19 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q,— deyiladi xabarda.

Shuningdek, aytilgan manzilda yangi qurilayotgan turar joy binosi ikkinchi qavatida qurilish materiallari yonib zararlangani aniqlandi.

Bu kabi hodisalar qayta yuz bermasligi uchun fuqarolar va tadbirkorlar yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishi so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar