Tonggi havo yangicha hid taratdi — nam tuproq, mayin shabada va uzoqdan eshitilgan qushlar sadosi bir-biriga qorishib, yangi faslning kirib kelganini e'lon qildi.
Atrofda mayin o'zgarish seziladi: daraxtlar tomiriga jon yugurdi, quyosh nuri yana yam iliqroq ko'rinadi, odamlarning nigohida esa qishdan qolgan sustkashlik asta yo'qolmoqda. Har bir qadamda yangi faslning mayin nafasini his etish mumkin.
Bugungi fotoreportajimiz aynan mana shu o'zgarish lahzalarini tutib olindi. Bir qarashda oddiy bo'lib ko'ringan manzaralar — o'ziga xos hikoya: uyg'onayotgan tabiat, yorishayotgan kun, yangi faslga mos kayfiyat.
Bahor — bu shovqinsiz, lekin sezilar-sezilmas hayotiylikdir. Biz shu hayotiylikni birinchi kunidanog kadrlarni sizga ilindik.
Butun dunyada ko'ngil g'ash bo'ladigan har qanday voqealar bo'layotgan bir vaqtda tabiat hammasi joyida ekanini aytib ko'ngilga xotirjamlik bag'ishlayotgandek.



























