AsosiyJamiyat

33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

'33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.'ning rasmi

Bugun, 13 mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlaridan O‘zbekistonning 32934 nafar fuqarosi Vatanga qaytarilgan.

Bildirilishicha, 12 mart kuni Qatardagi elchixona tomonidan 49 nafar fuqaro BAA va Sauudiya Arabistoniga yetkazilib, so‘ngra Toshkentga uchgan. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilib, ularning Doha shahridan Dubay orqali O‘zbekistonga qaytishi masalalari ishlab chiqilmogda.

BAAdagi diplomatik vakolatxonalar ko‘magida 147 nafar fuqaro Toshkentga uchib ketgan. Erondagi elchixona tomonidan 5 nafar fuqaro qo‘shni davlatlar hududi orqali chiqib ketgan. Isroildan esa 4 nafar fuqaro Misr orqali O‘zbekistonga qaytgan.

O‘zbekistonning Sauudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda charter reyslari orqali 2735 nafar fuqaro Vatanga qaytgan va mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlangan.

O‘zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytarilishi bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etmogda.

    Boshqa yangiliklar