AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi

Kattaqo‘rg‘on va Xivada haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

'Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi'ning rasmi

Avtomaktab xodimlari fuqarolardan pul olib, imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on shahrida “N.I.” MChJ avtomaktabi ustasi ikki nafar fuqaroga “V” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun mazkur avtomaktabda o‘quv kursini tamomlaganliklari haqida sertifikat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U 1 400 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xiva shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “H.A.” MChJ avtomaktabi xodimi tanishlari orqali YXHBdagi imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 800 dollar va 2,4 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar