O‘zbekistonda metan zapravkalar ishi 14 martdan boslab bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 13 mart kuni metan zapravkalar faqat ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi, 14 mart, shanba kundan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Shoxobchalar ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.






