AsosiyJamiyat

Andijonda erkakni "shantaj" qilish bilan pul talab qilgan ayollar ushlandi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, 24 yoshli erkakni “shantaj” qilish orqali 20 ming dollar talab qilgan ikki ayol ushlandi.

'Andijonda erkakni "shantaj" qilish bilan pul talab qilgan ayollar ushlandi'ning rasmi

Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan ayol va Toshkentda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan hamkori oldindan jinoyiy til birliktirgan. Ulardan biri TikTok orqali Andijonlik 2002 yilda tug‘ilgan erkak bilan tanishib, ishqiy munosabat o‘rnatgan.

Shundan so‘ng, jabrlanuvchining fotosuratlariga turli haqoratli va uyatli so‘zlar yozib, ularni o‘chirib berish evaziga 20 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbirda ayollar 7 ming dollarni bank kartasiga o‘tkazayotgan paytda qo‘lga olingan va ashyoviy dalillar olinib qo‘yilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:23

    Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Buxoro viloyatida sifatı kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlab, sotib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.

    '"Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:08

    "Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar

    Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki "kisotali bulutlar" shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlar ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:26

    'Bugun ayrim hududlarda Chang-to‘zon ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:47

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:07

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

    Toshkent, O‘zbekiston — sayohat va madaniyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi jurnallaridan biri Condé Nast Traveler “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.

    'Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.03.2026 15:37

    Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

    Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi.