AQShning Kaliforniya shtati, Beverli-Xillz shahrida mashhur qoʻshiqchi Rianna yashaydigan uy tomon oʻq uzgan ayol hibsga olindi. Bu haqda Los-Anjeles politsiya boshqarmasi maʼlum qildi.
Politsiya maʼlumotiga koʻra, hodisa 8 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:20 atrofida sodir boʻlgan. Nomaʼlum shaxs uy tomonga ketma-ket oʻq uzgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 5–7 ta oʻq otilgan.
Oʻqlar uyning darvozasiga tekkan, biroq binoning oʻziga zarar yetmagan. Hodisa vaqtida uy ichida odamlar boʻlgan, ammo hech kim jarohat olmagan.
Huquq-tartibot idoralari 30 yoshdagi ayolni qoʻlga olganini bildirdi. Hozirda voqea sabablari oʻrganilmogʻda.
Rianna hozirda nafaqat qoʻshiqchi, balki yirik biznes loyihalari bilan ham tanilgan. U oʻtgan yil sentabr oyida uchinchi farzandini dunyoga keltirgan edi. Sanʼatkor soʻnggi marta 2016 yilda chiqarilgan “Anti” albomidan keyin yangi musika ustida ishlayotgani haqida ham xabarlar paydo boʻlgan.






