Trump bu haqda "Politico" nashriga bergan intervyusida gapirib, Kubadagi vaziyatni "hayratlanarli" deb atadi va Yaqin Sharqdagi mojaro yakunlangach, AQSh bu mamlakatga ham e'tibor qaratishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u qanday aniq choralar ko'rilishi mumkinligi haqida ma'lumot bermadi.
Bayonot AQSh va Isroil tomonidan fevral oxirida Eronga qarshi boshlangan harbiy operatsiya fonida yangradi. Isroil bu operatsiyandan maqsad Eronda yadroviy qurol paydo bo'lishining oldini olish ekanini bildirgan. AQSh esa Tehronni harbiy infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qilib, eronliklarni hokimiyatni o'zgartirishga chaqirgan.
Tahlilchilar fikricha, Kubaning ehtimoliy geosiyosiy nishon sifatida tilga olinishi Trumpning avvalgi prezidentlik davrida Gavanaga nisbatan yuritgan qat'iy siyosati davomi sifatida baholanmoqda. U o'sha paytda Barak Obama davrida boshlangan "yondashuv" siyosatini bekor qilib, Kubaga nisbatan bosimni kuchaytirgan edi.
Avvalroq respublikachi senator Lindsi Grem ham "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida Erondagi vaziyat ortidan AQShning navbatdagi e'tibori Kubaga qaratilishi mumkinligini aytgan.






