Statistika qo‘mitasi 2026 yil uchun jon boshiga oylik minimal iste’mol xarajatlari miqdorini 715 ming so‘m deb belgiladi.
Ushbu ko‘rsatkichdan past daromadga ega bo‘lgan oilalar rasman kambag‘al deb e’tirof etiladi va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish ko‘zda tutiladi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,9 foizga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatta inflyatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etgan.






