Yaqin Sharqdaği vaziyat fonida Yevropa bozorida energiya resurslari narxi oshdi. AQSH va Isroil operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Yevropada gaz narxi qariyb 50 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, Brent rusumidagi neft narxi 2024 yil iyulidan beri ilk bor barrelı 83 dollardan oshdi.
Estoniya va Litvada AI-95 benzinı narxi bir necha soat ichida o‘nlab tsentga qimmatlayotgani qayd etilmoğda. Germaniyada esa 27 fevraldan buyon 50 litrli bakni to‘ldirish qiymati 6–9 yevroga oshgan.
Ukrainada ham yoqilg‘i bozorida keskin o‘zgarish kuzatilmoğda: hafta boshidan beri benzin narxi 20 foizga oshgan. 3 mart kuni bir kechada narx 2 grivnaga ko‘tarilgan. AYOQSHlarda haydovchilar ertalabdan navbatga turib, ehtimoliy qimmatlashuvdan oldin baklarni to‘ldirishga urinmoğda.
Moldovada esa AI-95 benzinı bir litri qariyb 30 leyga yetdi — bu so‘nggi bir yildaği eng yuqori ko‘rsatkich. Dizel yoqilg‘isi esa 21,21 leyga cha ko‘tarilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat omborlarida benzin zaxirasi 23 kunga, dizel 13 kunga va tabiiy gaz 24 kunga yetadi.






