AsosiyJamiyat

Ijaraga berilgan yerni 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 80 sotix yer maydonini pul evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga olindi.

'Ijaraga berilgan yerni 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, tezkor tadbir davomida fuqaro A.V. dehqonchilik qilish sharti bilan 30 yilga ijaraga berilgan yer maydonini tanishlari orqali boshqa fuqaro — B.Q. nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. U 200 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar