Dunyo axborot agentligi xabariga ko‘ra, 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi Erondan Turkmaniston hududi orqali evakuatsiya qilingan.
"Saraxs" chegara posti orqali o‘tkazilgan fuqarolarni O‘zbekistonning Ashxoboddagі elchixonasi xodimlari kutib olib, xavfsiz kuzatib qo‘ygan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlaridagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq bergan edi.






