AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Ramazon oyi munosabati bilan yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.

'O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi'ning rasmi

28 fevral kuni hukumatning 72-F sonli farmoyishi qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilning 13–14 mart kunlari butun respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar doirasida mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda boshqa hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umumxalq hashari juma va shanba kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hasharlar faqat Prezidentning tegishli qarori yoki hukumat qarori mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkazilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar