AsosiyJamiyat

Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.

Andijon viloyatida 473 gramm oltin quymalarini Qirgʻizistonga olib oʻtmoqchi boʻlgan ona va qiz bojxona postida toʻxtatib qolindi.

'Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Baliqchi tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2006 yilda tug‘ilgan qizi qo‘lga olindi.

Ular umumiy bahosi 819 million so‘mni tashkil etuvchi, 7 dona nostandart shakldagi jami 473 gramm oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda Xo‘jaobod tumanidagi "Do‘stlik" chegara bojxona posti orqali Qirg‘iziston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar