Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eron hududida olib borgan harbiy operatsiyasini keskin qoraladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, AQShning faol qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilgan Isroilning Eronga qarshi harbiy hujumi hamda unga qo‘shilgan AQShning harbiy harakatlari noqonuniy tajovuzkorlik va davlat suverenitetini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholangan.
"Biz o‘zining xudbin va gegemonlik ambitsiyalariga erishish uchun harbiy kuch ishlatishdan tortinmayotgan AQSh va Isroilning sharmandali hamda bosqinchilik xatti-harakatlarini qat'iy qoralaymiz", deyiladi bayonotda.
Shimoliy Koreya, shuningdek, AQShning bunday siyosati dunyo tinchligi va barqarorligiga jiddiy tahdid solayotganini ta'kidlab, nazorat qilib bo‘lmaydigan "qattiqqo‘l va o‘zbo‘shimcha amaliyotlar" Yaqin Sharqdan tashqarida ham siyosiy, iqtisodiy va geosiyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.






