Yaqin Sharqdagı keskin vaziyat va havo makoniga qo‘yilgan cheklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hudud davlatlariga safarni vaqtincha rejalashtirmaslikni, u yerda bo‘lib turganlarga esa ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.
Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.
Aviaqatnovlar tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali beriladi, deyiladi xabarda.






