Hodisa davomida 5 nafar guruh yetakchisi va 84 nafar vosita aʼzo qoʻlga olindi, shuningdek, 8 ta yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi. Ular orasida psixotrop dorilarni tarqatganlar 20 nafar, anʼanaviy narkotiklar bilan shugʻullanganlar 28 nafar, 41 nafar internet narkodokonlar orqali sintetik moddalarni tarqatgan.
Tezkor tadbirlar natijasida:
41 kg anʼanaviy narkotik,
100 kgdan ortiq sintetik moddalar,
1 million dozaga teng 200 ming psixotrop dori,
2 tonnaga yaqin prekursorlar muomaladan olib qoʻyildi.
Guruhlar oʻrtacha 3 oydan 10 yilgacha faoliyat yuritgan, internet narkodokonlar esa yil davomida 350 kg sintetik moddalarni tarqatgan.
Narkotiklar Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 40 ta tuman va shaharlarda tarqatilgan, baʼzi moddalar kontrabanda orqali Afgʻoniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan olib kirilgan.
Hozirda uyushgan narkojinoiy guruhlarni toʻliq fosh etish va faoliyatini bartaraf qilish boʻyicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmogʻda.






