AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni Eron zarbalarini keskin qoraladi

Ar-Riyod Bahrayn, Iordaniya, BAA va Qatar suvereniteti buzilganini qoralab, vaziyat ogir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

'Saudiya Arabistoni Eron zarbalarini keskin qoraladi'ning rasmi

Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

28 fevral kuni Eron Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarbalar yo‘lladi. Habarlarga ko‘ra, Qatar, Bahrayn, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari hududidagi strategik ob’yektlarga ballistik raketalar bilan hujum qilingan. Natijada mintaqaning bir qator davlatlari havo hududini yopdi, tinch aholi boshpanalarga evakuatsiya qilindi.

Ma’lumotlarda AQSh Beshinchi floti logistika tuguniga, shuningdek, Al-Dafra aviabazasi va Ali Al-Salom aviabazasiga zarbalar berilgani aytilmoqda. Ayrim BAA Shohzoda Sulton aviabazasi ham hujumga uchraganini yozdi.

Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Kurdistondagi bazasi yo‘q qilingani haqida ham habarlar bor. Abu Dabi va Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani aytilmoqda. Vaziyat mintaqada tobora keskinlashmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:19

    "Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi

    AQSh prezidenti Donald Trump Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilib, eronliklarni amaldagi tuzumni ag'darishga chaqirdi.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi 28 fevral kuni mamlakat hududida kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilayotgani haqida murojaat yoʻlladi.

    'AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:50

    AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin

    Бу ҳақда Исроил хавфсизлик манбаси 12-каналга маълум қилган.

    'Хоманаий Теҳрондан хавфсиз жойга кўчирилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    Хоманаий Теҳрондан хавфсиз жойга кўчирилди

    Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroil va AQSh bilan bog'liq ehtimoliy hujumlar fonida Tehron olib chiqilgani haqida xabarlar tarqaldi.