AsosiyJamiyat

Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minotidagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi

Surxondaryoda markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov sakkiz-to‘qqiz yil oldin 47 foiz edi. Bugun ushbu raqam 67,5 foizgacha oshdi.

'Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minotidagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida “To‘palang” suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasining amaliy natijalari bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda suv xo‘jaligi tizimini isloh qilish, irrigatsiya infratuzilmasini yangilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ushbu 287 million dollarlik megaloyiha ham sohada erishilayotgan natijalardan biri sanaladi.

Mazkur tashabbus doirasida o‘tgan yillar davomida katta hajmdagi qurilish, montaj ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida bugun minerallarga boy ichimlik suvi viloyatning o‘nta tumani va Termiz shahriga uzluksiz yetkazib berilyapti.

Surxondaryoda markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov sakkiz-to‘qqiz yil oldin 47 foiz edi. Bugun ushbu raqam 67,5 foizgacha oshishiga erishildi. Natijada aholining suv ta’minotidagi holati nafaqat miqdor, balki sifat jihatdan ham sezilarli yaxshilandi.

Prezident bu kabi yirik energetik, texnologik va ijtimoiy samarador loyihalarni qo‘llab-quvvatlash har jihatdan zarurligini ta’kidladi. Bunday tajribalarni kelgusida mamlakatning boshqa hududlarida ham qo‘llash mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Texnik jihatdan loyihaning katta yutug‘i 246 kilometr magistral va ichki tarmoqning barpo etilishi bo‘ldi. Muhimi, gidravlik hisoblar asosida bosimni nasossiz uzatish imkoniyati yaratildi. Bu nafaqat energiya sarfini keskin kamaytirdi, balki tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Aynan shu innovatsion yondashuv tufayli Termiz shahri, Angor, Bandixon, Qiziriq, Sherobod va Muzrabot kabi tuman markazlariga suv elektroenergiya sarfisiz yetkazib berilyapti.

Mazkur tashabbus ortidan bugungi kunda 223 ta mahallada obihayot ta’minoti mustahkamlandi. Suvning qattiqlik darajasi esa ikki baravarigacha kamaytirildi. Sifatning ortishi aholi salomatligi va maishiy jihozlar xizmat muddati uzayishida muhim omil hisoblanadi.

“Shimoliy” suv ishlab chiqarish inshootida tashkil etilgan Geoaxborot markazi esa tizimning real vaqtda nazorat qilinishiga sharoat yaratdi. Bosim pastlashi, avariya holatlari, suv yo‘qotish kabi masalalarni bir necha daqiqada aniglash imkoniyati tug‘ildi.

Suv ta’minoti yaxshilangan sababli hududlardagi yuzdan ortiq yer osti suv quduqlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmadi. Bu ekologik yukni kamaytiradi.

Shuningdek, loyiha natijasida yiliga 18,4 million kilovatt-soat elektroenergiyasi tejab qolinadi. Bu mablag‘ va resurs jihatidan 18,5 milliard so‘m iqtisod qilinishini anglatadi. Iste’molchilarning billing tizimiga ulanishi esa suvni hisoblashda shaffoflikni oshirdi, qarzdorlikni kamaytirdi.

Yana bir muhim jihati, bu yerdagi 10 gektar maydonda 6418 kilovatt-soat quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi.

Davlatimiz rahbari shu yerda viloyatning gidroenergiya ko‘rsatkichlari hamda sohada amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoati bilan tanishdi. Viloyatda hali yechilmagan suv ta’minoti masalalarini tezkor hal etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Xususan, eski nasos agregatlarini energiya tejamkor texnologiyalarga almashtirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi

    Birinchi bosqichda 616 mingdan ortiq oila davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    'Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi

    Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni bot orqali sotib, belgilangan joylarga yashirib qoldirgan.

    'Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi

    Voyaga yetmagan haydovchi avtomobilni guvohnomasiz boshqargan. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi.

    'Prezident Jarkўrgʻondagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish va taʼlim sharoitlari bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:11

    Prezident Jarkўrgʻondagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish va taʼlim sharoitlari bilan tanishdi

    Davlat rahbari yangi uylar, maktab va o‘quv markazlaridagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

    'Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:30

    Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda

    2025 yilda Turkiyada 3 924 nafar o‘zbekistonlik ayol turklar bilan turmush qurdi.