AsosiyJamiyat

Jizzaxda ta'lim bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Жиззах вилоятида мактабгача таълим ташкилотида текширув ўтказмаслик эвазига пул талаб қилган мансабдор тезкор тадбирда қўлга олинди.

'Jizzaxda ta'lim bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i davlat bog‘chasi rahbaridan 4,8 mln so‘m pora talab qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, tergov davomida uning 167, 209 va 243-moddalarda nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham aniqlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar