Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida bolani yuqori kuchlanishli tok urgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirib, voqea prokuratura organlari tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mas’ullarning ehtiyotsizligi oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.
Hozirda bolaning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalasi ombudsman nazoratiga olingan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.






