AsosiyJamiyat

Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.

'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xabariga ko‘ra, 28 fevral kuni Quyosh tizimidagi Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter ishtirokida sayyoralar paradi sodir bo‘ladi. Ushbu noyob astronomik hodisani Quyosh botganidan keyin O‘zbekistonning barcha hududidan kuzatish mumkin.

Qayd etilishicha, sayyoralardan Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiterni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Neptun va Uranni esa juda xira bo‘lgani sababli faqat teleskop yoki binokl orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Mutaxassislar sayyoralarni yaxshiroq ko‘rish uchun g‘arbiy ufq qismi ochiq bo‘lgan joyni tanlashni tavsiya qildi. Shuningdek, olimlar sayyoralar paradi astronomik hodisa bo‘lib, uni inson taqdiri bilan bog‘lash ilmiy asosga ega emasligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:51

    Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

    Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

    'Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:36

    Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан ниналар маълум?

    'Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:14

    Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi

    Jizzax viloyati Zomin tumanida 2025 yil iyun oyida sodir boʻlgan hodisa boʻyicha birinchi instansiya sudining hukmi apellyatsiya bosqichida ham oʻz kuchida qoldirildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yashil hududlarni uch baravar kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:18

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yashil hududlarni uch baravar kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Toshkentda 25 ming gektar yashil hudud yaratish, 134 gektarlik yangi parklar barpo etish va ayrim qurilish loyihalarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

    'Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:00

    Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezildi

    25 fevral kuni Afg‘onistonda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.