Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda urbanizatsiyani rivojlantirish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Prognozlarga ko‘ra, 2045 yilga borib shahar aholisi hozirgi 3,1 milliondan ikki baravar ko‘proqqa oshadi.
Shu bois yashil hududlar maydonini uch baravar kengaytirib, 25 ming gektarga etkazish, aholi jon boshiga yashil maydonni 6 kvadrat metrgacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, shaharning 9 hududida umumiy maydoni 134 gektar bo‘lgan yangi jamoat parklarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Ko‘rib chiqilgan 85 ta qurilish loyihasidan 18 tasiga ruxsat berish, 12 tasini o‘zgartirish, 54 tasini esa qayta ishlab chiqish taklif etildi. Loyihalar natijasida har yili 1,5 milliard dollar qo‘shimcha hududiy mahsulot yaratish va 260 ming ish o‘rni ochish kutilmogda.
Prezident urbanizatsiya jarayonlarini ekologiya, sog‘lom muhit va jamoatchilik manfaatlari asosida olib borish bo‘yicha mutasaddidlarga topshiriqlar berdi.






