Ma’lum qilinishicha, Petrograd tumanidagi uyning 7-qavatidan tushib ketgan 7 yoshli bolani ish vaqtida ushlab qolgan Ibdullayev o‘zi jarohat olganiga qaramay, bolani qo‘yib yubormagan.
Gubernator unga butun shahar nomidan minnatdorlik bildirib, esdalik soati ham topshirgan.
“Bu chinakam mardlik. Siz o‘zingiz haqingizda o‘ylamadingiz va bolaning hayotini saqlab qoldingiz”, — degan Beglov.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ham Xayrullo Ibdullayevni “Jasorat” medali bilan taqdirlagan edi.
U, shuningdek, bir million rubllik mukofotga ham sazvor bo‘lgan.






