AsosiyJamiyat

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun subsidya 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi

Prezident yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoyat yaratish – eng muhim masala ekanligini qayd etildi.

'O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun subsidya 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi'ning rasmi

Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030 yilga borib, ular 1 millionga etadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoyat yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startup loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franchiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    '"Work and travel" dasturi bilan kollej va texnikum talabalari xorijda tajriba ortirishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:57

    "Work and travel" dasturi bilan kollej va texnikum talabalari xorijda tajriba ortirishi mumkin

    O‘tgan yili tashkil etilgan Kasbiy ta’lim agentligi har bir hududda Kasbiy ta’lim kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

    'Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromg‘ohini tashkil qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:42

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromg‘ohini tashkil qiladi

    Endilikda loyiha har bir hududda o‘tkazilib, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqandda Xalqaro inklyuziv yoshlar oromg‘ohi tashkil etiladi.

    '“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida eng yaxshi 1 ming loyiha 200 million so‘mgacha ssuda oladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:32

    “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida eng yaxshi 1 ming loyiha 200 million so‘mgacha ssuda oladi

    Xorijiy oliygohlar va banklar yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatishda hamkorlik qiladi, eng yaxshi loyihalarga esa moliyaviy yordam beriladi.

    '“Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida yoshlarga 2 million stipendiya ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:07

    “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida yoshlarga 2 million stipendiya ajratiladi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi.

    'Endi payshanba yoshlar kuni bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:46

    Endi payshanba yoshlar kuni bo‘ladi

    Mamlakatda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘lishi belgilandi.