Buxoro viloyati markazida tungi klub rahbari sifatida faoliyat yuritgan shaxs qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u avval bezorilik uchun sudlangan bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi ayollar va qizlarni Instagram orqali yuqori maosh va raqqoslik ishi va’dasi bilan Buxoroga chaqirgan. Keyin ularning erkinligini cheklab, ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish orqali mijozlar bilan jinsiy aloqaga majburlagani aytilmoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






