Arizalar 20 martgacha qabul qilinadi.
Migratsiya agentligi ma'lum qilishicha, bu yillar davomida xorijga ishga jo‘natish xizmati orqali amalga oshirilgan, lekin chet el fuqarolariga yetkazilmagan mablag‘lar fuqarolarga qaytariladi.
Buning uchun xorijdaish.uz sayti orqali ariza yuborish kerak. Arizalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, tekshiruv yakunlariga ko‘ra mablag‘lar murojaatchi ko‘rsatgan bank kartasiga o‘tkaziladi.
Ma'lum qilinishicha, arizalar qabul qilish yilning 20 martigacha davom etadi.






