Ma'lumotlarga ko'ra, 17–18 fevral kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tgan. Medinskiy ular qiyin, ammo ishchan ruhda o'tganini aytdi.
Yakunda hech qanday hujjat imzolanmagan, faqat Shveytsariya tomoni uchrashuvni yuqori darajada tashkil etgani qayd etilgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa muzokara natijalarini yetarli emas deb baholagan va navbatdagi uchrashuvni fevral oyida o'tkazishni maqsadga muvofiq deb bildi.






