Yaponiya poytahti yaqinidagi hayvonot bog‘ida yashovchi Panch ismli mitti makaka 2025 yil iyulida atigi 500 gramm vazn bilan tug‘ilgan. Biroq tug‘ruqdan keyin onasi uni qabul qilmagan va mitti hayvonot bog‘i xodimlari parvarishiga o‘tgan.
Mutaxassislar unga turli matolar bergan bo‘lsa-da, u faqat yumshoq orangutan o‘yinchog‘iga mehr qo‘ygan. Panch hozir ham o‘sha o‘yinchogni bag‘riga bosib yuradi va u bilan uxlaydi.
Yanvar oyida u boshqa maymunlar to‘dasiga qaytarilgan, ammo ular uni darhol qabul qilmagan. Mitti makakaning o‘yinchog‘ga yopishib, xavfsizlik izlayotgan holati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, X tarmog‘ida "HangInTherePunch" xeshtegi ostida millionlab postlar yozildi.
Hozir Panch asta-sekin boshqa maymunlarga moslashmoqda. Hayvonot bog‘i xodimlariga ko‘ra, u sog‘lom va faol, biroq hanuz o‘zining sevimli "o‘yinchog‘ onasi"dan ajralmaydi.






