AsosiyDunyo

Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Hozircha jabrlangaнlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.

'Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.'ning rasmi

20 fevral kuni soat 18:09:58 da Afg‘oniston hududida 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer silkishining epitsentri Bag‘lon viloyatida joylashgan bo‘lib, chuqurligi 76 kmni tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Surxondaryo viloyatida yer osti turtkilar 2–3 ball, Qashqadaryo viloyatida esa 2 ball darajasida qayd etilgan.

Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 608 kmni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar