AsosiyJamiyat

Umraga borish 18 apreldan vaqtincha to‘xtatiladi

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan Umra vizalari va ziyorat muddatlari bo‘yicha so‘nggi sanalarni e’lon qildi.

'Umraga borish 18 apreldan vaqtincha to‘xtatiladi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni hukumatining 2026 yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida Umra ziyoratini 18 apreldan vaqtincha to‘xtatishi ma’lum qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, Umra amallarini bajarishning oxirgi kuni 18 aprel etib belgilangan.

Rasmiy ma’lumotlarga muvofiq, Umra vizesiga ariza topshirishning so‘nggi sanasi 19 mart, mamlakatga kirishning oxirgi kuni 2 aprel, chiqib ketishning oxirgi kuni esa 18 aprel hisoblanadi. Belgilangan muddatlardan keyin ziyoratchilar muqaddas hududlarni tark etishi shart.

Har yili Makka va Madina shaharlariga millionlab musulmonlar tashrif buyuradi. Haj mavsumi yaqinlashgani sabab hukumat muqaddas shaharlarni tayyorlash maqsadida Umra ziyoratini vaqtincha cheklaydi.

Ma’lum qilinishicha, Haj mavsumi yakunlangach, taxminan 2026 yil 11 iyun atrofida Umra ziyorati yana tiklanishi kutilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi

    50 yoshli gimnastikachi o‘zining asosiy ixtisosligi — tayanch sakrash mashqida 13,133 ball jamg‘ardi.

    'Mirziyoyev: G‘azo mintaqasini tiklashga O‘zbekiston tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:22

    Mirziyoyev: G‘azo mintaqasini tiklashga O‘zbekiston tayyor

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tinchlik Kengashining birinchi sammitida nutq soʻzladi.

    'Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:02

    Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi.

    Sinoptiklar yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda.

    'Toshkent osmonida yorqin jism kuzatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:48

    Toshkent osmonida yorqin jism kuzatildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida, "Kosmonavtlar" metro bekatida yaqinida osmonda uchib o'tgan noma'lum yorqin jism aks etgan video tarqaldi.

    'AQSh B-2 Spiritlarni jangovar shaylikka keltirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:24

    AQSh B-2 Spiritlarni jangovar shaylikka keltirdi

    Yaqin Sharqqa onlab yoqilgʻi quyish samolyotlari ham koʻchirilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34