Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ ichida bosh murabbiy Luis Enrike va hujumchi Usmon Dembele o'rtasidagi ziddiyatlar sababli beqaror muhit yuzaga kelgan.
"Real Madrid" esa bu vaziyatdan foydalanib, Dueni o'z safiga qo'shishni maqsad qilmoqda. Tezligi va gol urish qobiliyati bilan ajralib turuvchi futbolchi klub uchun strategik ahamiyatga ega deb baholanmoqda.
Due "Renn" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yilda PSJga 50 million evro evaziga qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.






