Bugun, 19 fevral kuni soat 01:03 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Qiziltut ko‘chasida joylashgan ta’mirda bo‘lgan sobiq "Mushkambar" kafesida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:10 da yetib borib, yong‘in soat 01:44 da qurshab olindi va soat 01:57 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda.






