AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda pensionerlar uchun muhim o‘zgarish: pensiyaning bir qismi majburiy saqlab qolinadi

Yangi davlat dasturiga ko‘ra, pensionerlarning qarzlariga uchun ushlanmalar qilingan taqdirda ham, ularning qo‘lida kamida minimal iste’mol xarajatlari miqdoridagi mablag‘ qolishi shart bo‘ladi.

'O‘zbekistonda pensionerlar uchun muhim o‘zgarish: pensiyaning bir qismi majburiy saqlab qolinadi'ning rasmi

16 fevral kuni qabul qilingan 2026 yilgi davlat dasturiga muvofiq, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, jarima, aliment, kommunal to‘lovlar va boshqa majburiyatlar uchun ushlanmalar amalga oshirilgandan keyin ham pensioner qo‘lida minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan mablag‘ qolishi kerak. Hozir bu miqdor 669 ming so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, oylik ushlanmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur o‘zgartishlarni ishlab chiqish Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklangan.

Shuningdek, dastur doirasida jamg‘arib boriladigan p tizimini isloh qilish rejalashtirilgan. 2026 yil sentyabrigacha fuqarolarga pensiya yoshiga yetganda shaxsiy jamg‘arma hisoblaridan mablag‘ olish imkoniyatini beruvchi hujjat ishlab chiqiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun Daniel Eybog medallar uchun kurashni davom ettirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:42

    Bugun Daniel Eybog medallar uchun kurashni davom ettirdi.

    Eybonning chiqishi Toshkent vaqti bilan 19 fevralga o‘tar kechasi 00:15 da boshlanadi.

    'Toshkentda bolasini 7-qavat derazasiga chiqargan ayol shifoxonaga joylashtirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:52

    Toshkentda bolasini 7-qavat derazasiga chiqargan ayol shifoxonaga joylashtirildi

    Hozirda ayolning ruhiy holatini aniqlash maqsadida tibbiy muassasaga yuborilgani, bolaga zarar yetmagan va u yaqin qarindoshi qaramoqiga topshirilgani bildirildi.

    'Toshkentda yana bir uyda yong‘in sodir bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:49

    Toshkentda yana bir uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

    Qutqaruv bo‘linmalari soat 15:54 da hodisa joyiga etib borgan va yong‘in 15:59 da qurshab olinib, 16:02 da to‘liq bartaraf etilgan.

    'Афғонистонда “Толибон”га қарши отишмада 4 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:46

    Афғонистонда “Толибон”га қарши отишмада 4 киши ҳалок бўлди

    Afg‘onistonda “Afg‘oniston ozodlik fronti” jangchilari tomonidan “Tolibon”ga qarshi 15–16 fevral kunlari ketma-ket ikki hujum uyushtirildi.

    'Toshkentdagi yong‘inda ona va ikki farzandi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.02.2026 16:35

    Toshkentdagi yong‘inda ona va ikki farzandi halok bo‘ldi

    Yana bir fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

    'Pokistonda nazorat punktiga hujum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.02.2026 14:39

    Pokistonda nazorat punktiga hujum qilindi

    Hodisa ortidan 11 nafar harbiy va bir bola halok bo‘ldi.