AsosiyJamiyat

Pokistonda nazorat punktiga hujum qilindi

Hodisa ortidan 11 nafar harbiy va bir bola halok bo‘ldi.

'Pokistonda nazorat punktiga hujum qilindi'ning rasmi

17 fevral kuni Pokistonning Hayber-Paxtunxva viloyati Bajaur tumanida joylashgan nazorat punktiga hujum uyushtirildi. Bu haqda The Hindu nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida 11 nafar xavfsizlik xodimi va bir nafar bola halok bo‘lgan. Yana yetti kishi, jumladan, ayollar va bolalar turli darajada jarohat olgan.

Pokiston armiyasining Xizmatlaro jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, hujum avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma yordamida amalga oshirilgan. Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina nazorat punkti devoriga urilib, kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hujumni Pokiston Tolibon harakati a’zolari sodir etgan. Xavfsizlik kuchlarining javob amaliyoti davomida 12 nafar hujumchi zararsizlantirilgan.

Asif Ali Zardoriy hujumni keskin qoralab, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Shahboz Sharif ham bayonot berib, terrorchilikka qarshi kurash davlatning ustuvor vazifasi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdagi yong‘inda ona va ikki farzandi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:35

    Toshkentdagi yong‘inda ona va ikki farzandi halok bo‘ldi

    Yana bir fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

    'Prezident AQSHga joʻnab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:33

    'Yunusoboddagi uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Yunusoboddagi uyda yong‘in chiqdi

    Hodisa ortidan 70 kvadrat metr maydon zararlandi.

    'Toshkentda ipoteka krediti limiti 480 million so‘mgacha oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    Toshkentda ipoteka krediti limiti 480 million so‘mgacha oshiriladi

    2026 yilda ipoteka dasturlarini moliyalashtirish uchun 23 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

    'Ўлгани айтилаётган Эмомали Раҳмон оммага кўринди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:22

    Ўлгани айтилаётган Эмомали Раҳмон оммага кўринди

    Тоҷикистон президенти узоқ танаффусдан сўнг оммага кўриниб, расмий учрашувлар ўтказди.

    '2026 йил учун закот, фитр ва фидя миқдори эълон қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:21

    2026 йил учун закот, фитр ва фидя миқдори эълон қилинди

    Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida hayit namozi o‘qilgunga qadar berish kerak bo‘ladi.