So‘nggi kunlarda Emomali Rahmonning sog‘lig‘i yomonlashgani, xorijda davolanayotgani yoki komada ekani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Prezident uzoq tanaffusdan so‘ng omma ko‘rinib, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi.
15 fevral kuni u Xitoy raisi Si Tszinpinni mamlakat Yangi yili munosabati bilan tabrikladi. 16 fevral kuni esa Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Yermek Kosherbayev bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ayni vaqtgacha prezident sog‘lig‘iga oid xabarlar rasman tasdiqlangani yo‘q.






