O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani aytilgan, biroq qaysi ishga o‘tgani ochiqlanmagan.
Uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.






