Shu kunlarda ziravorlar va chili qalampiri nafaqat oshxonaning ajralmas qismi, balki sog‘liqni mustahkamlash vositasi sifatida ham qo‘llaniladi.
Kapsaitsin moddasi yurak-qon tomir kasalliklari va ba’zi nafas yo‘llari muammolaridan himoya qiladi, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega.
Shuningdek, endorfin ishlab chiqilishi orqali kayfiyatni yaxshilaydi. Biroq gastrit va oshqozon yarasi bo‘lganlar uchun me’yorga e’tibor berish zarur. Kichik miqdorda va me’yorida iste’mol qilish eng to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.






