AsosiyDunyo

Қирғизистонда Ташиев истеъфосидан сўнг уч вазир лавозимидан озод қилинди

Bo'shagan lavozimlarga vaqtincha rahbarlar tayinlangan.

'Қирғизистонда Ташиев истеъфосидан сўнг уч вазир лавозимидан озод қилинди'ning rasmi

Bugun, 16 fevral kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Transport va kommunikatsiya vaziri Absattar Sirg‘aboev, Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiev va Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bo‘shagan lavozimlarga vaqtincha rahbarlar tayinlangan: Transport va kommunikatsiya vaziri vazifasini Talantbek Saltobaev, Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri vazifasini Aqil To‘qtaboev, Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini Urmatbek Shamirqanov bajarishi belgilangan. Ular parlament – Jo‘qorqu Kenesh tomonidan tasdiqlangach, rasman lavozimga tayinlanadi.

Hozircha bu qarorlar sababi rasman ochiqlanmagan. Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi – Bosh vazir o‘rinbosari Qamchibek Tashiev lavozimidan ozod qilingan va uning ortidan qator birinchi o‘rinbosarlar va markaz direktori ham ishdan olingan edi. Shu kuni Chegara xizmati davlat qo‘mitasi tarkibidan ham chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar