AsosiyJamiyat

Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi

Firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda.

'Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi'ning rasmi

Ayni kunlarda telefon orqali pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilinib, ularning pensiyalari keyingi oydan oshirilishini aytib, plastik karta yoki pasport ma’lumotlarini so‘rash holatlari uchramoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Xabarga ko‘ra, firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda. Ya’ni, ular odamlarga “Nafaqangiz keyingi oydan oshiriladi. Buning uchun ma’lumotlaringizni va telefonizga kelgan kodni aitsangiz, pensiyangiz kartangizga tushadi. Bo‘lmasa oshmay qoladi”, degan ma’noda yolg‘on gapirib, pensionerlarning ishonchiga kirishga urinish holatlari ko‘paygan.

Qayd etilishicha, Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiy ma’lumotlarni yoki telefonga kelgan kodlarni so‘ramaydi. 

Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHShIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech qachon taqdim qilmaslik kerak. Shu kabi shubhali holatlarga duch kelganlar 1271 – Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni yoki 102 – Ichki ishlar organlari raqamlariga telefon qilish zarur.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:41

    Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi

    Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun sahnalashtirilgan videoda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgan, "qassob" ro‘lidagi shaxs esa uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan.

    'Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:34

    Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi

    Skanner orqali o‘tkazilgan ko‘rikda ayolning ichki a’zolariga 3 dona o‘ram, erkakning ichki a’zolariga esa 4 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi.

    'Oʻzdirishi aytilgan doridan sibutramin aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:40

    Oʻzdirishi aytilgan doridan sibutramin aniqlandi

    Aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yirik partiyadagi dori vositalari fosh etildi.

    'Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:58

    Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi

    Holat yuzasidan guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi "p" bandi (Odam oʻldirishga tayyorgarlik koʻrish va uni sodir etishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    'Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:20

    Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди

    Samarqand aeroportida ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun Turkiyaga olib ketishga urinish fosh etildi.