AsosiyJamiyat

Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди

Samarqand aeroportida ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun Turkiyaga olib ketishga urinish fosh etildi.

'Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди'ning rasmi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Turkiyaga ketayotgan 2 ayol to‘xtatib qolindi: ularning safarini Turkiyada bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol tashkil qilgan.

Toshkent viloyati IIBB va DXX xodimlari tomonidan uyushtirilgan jinoyatchilikka qarshi olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Samarqand xalqaro aeroportida Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida ketayotgan 22 va 36 yoshli Toshkent viloyatida yashovchi ayollar ushlandi.

Aniqlanishicha, ularning aviachiptalari va boshqa xarajatlari hozirda Turkiyada bo‘lib turgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tomonidan to‘langan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan JKning 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmqoda.

    Boshqa yangiliklar