“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 12 fevral kuni soat 17:00 dan 21:00 gacha Namangan viloyatining Pop tumani hududidagi Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik sabab 12 ta qor ko‘chkisi kuzatilgan. Ularning umumiy hajmi qariyb 12 ming metr kubni tashkil etadi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Shu vaqt oralig‘ida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Chimon hududining 2000 metr balandlik qismida ham kuchli qor yog‘ishi natijasida 4 ta qor ko‘chkisi qayd etilgan. Ularning umumiy hajmi 5,5 ming metr kubni tashkil qilgan.
Mutasaddilar tog‘li hududlarda ob-havo sharoiti noqulay bo‘lib qolayotganini inobatga olib, haydovchi va sayyohlardan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.






