AsosiyJamiyat

Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.

Tezkor tadbirlar davomida 26 kg “mefedron” hamda qariyb 1,5 tonna prekursor va kimyoaviy moddalar musodara qilindi.

'Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.'ning rasmi

Bojxona qoʻmitasining Toshkent va Andijon viloyatlari boshqarmalari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat maxsus tezkor guruhi tomonidan sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelinayotgan yirik narkolaboratoriya faoliyatiga chek qoʻyildi.

Maʼlum qilinishicha, dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida kuzatuvga olingan shaxs toʻxtatilib, tekshirilganda uning yonidan 0,13 gramm "gashish" topilgan. Shundan soʻng oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent katta halqa yoʻlining Zangiota tumanidan oʻtuvchi qismidagi yoʻl chetida joylashgan omborda 5 dona idishda saqlanayotgan 900 litr prekursor aniqlandi.

Tezkor surishtiruvlar Andijon viloyatiga olib borgan. Yashirin kuzatuvga olingan yana ikki nafar shaxs turli manzillarga koʻmib qoʻyilgan 100 litr suyuq va 25 kg kukun koʻrinishidagi prekursorlarni olib, Andijon shahrining Bogʻishamol mahallasidagi dala hovliga olib kirgani aniqlandi.

Mazkur manzilda xolislar ishtirokida oʻtkazilgan koʻzdan kechirish jarayonida yashirin narkolaboratoriya fosh etildi. Dala hovlidan jami 26 kg ogʻirlikdagi "mefedron", shuningdek 590 litr turli kimyoviy suyuqlik va prekursorlar hamda maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchilar dala hovlini 15 ming 800 AQSH dollariga sotib olib, ijtimoiy tarmoqlardagi "Saymon" laqabli shaxs koʻmagida noqonuniy faoliyatni yoʻlga qoʻygan.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmokda. Qayd etilishicha, yil boshidan buyon respublika boʻylab 200 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari hamda 27 kg psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmadan chiqarilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Istanbuldagi qotillikdan keyin yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:17

    Istanbuldagi qotillikdan keyin yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qoldi

    Марҳума Дурдона Ҳакимова билан бир уйда яшаган 32 ёшли аёл қотиллик содир бўлган кундан буён топилмаяпти.

    'Innovatsion rivojlanish agentligida "Olima" klubi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:27

    Innovatsion rivojlanish agentligida "Olima" klubi tashkil etiladi

    Innovatsion rivojlanish agentligida 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Ilm-fanda ayollar ovozasi” mavzusida davra suhbatı bo‘lib o‘tdi.

    'Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:12

    Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi

    12 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining yil yakunlari bo‘yicha axboroti bilan tanishdi.

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    '"Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:06

    "Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda

    Shuhrat Qudratullayev IIV eʼlon qilgan “Soʻnggi pushaymon” koʻrsatuvida ishtirok etib, oʻtgan hayoti va qilgan xatolari haqida gapirdi.

    'Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.

    11 fevral kuni kechki payt bortida 21 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.