Mazkur klub ilm-fan va innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, olimalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmogda.
Innovatsion rivojlanish agentligida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Ilm-fanda ayollar ovoz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda olimalar, yosh tadqiqotchilar, startup asoschilari, talaba-qizlar hamda qator vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.
Erkin mulogot shaklida o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, mavjud grant va dasturlardan samarali foydalanish, tadqiqot yo‘nalishlarini bugungi kunning dolzarb masalalariga qaratish, olimalar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar va ixtirolarni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar ilm-fan sohasida ayollar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish platformalarini kengaytirish, ilmiy faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan ijtimoiy omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirdi. Shuningdek, o‘zbek olimalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Olima” klubini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur klub ilm-fan va innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, olimalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmogda.
Mutaxassislar fikricha, “Olima” klubi nafaqat ilm-fan sohasida faol ayollarni birlashtiradi, balki jamiyatda ayollarning ilmiy salohiyatini keng namoyon etish uchun muhim platformaga aylanishi mumkin.






