Bugun, 3 aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Vodiy–Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgani to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari etib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.






