AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovoni qor ko'chkisi xavfi sabab yopildi

12 fevral kuni soat 13:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

'"Qamchiq" dovoni qor ko'chkisi xavfi sabab yopildi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilishicha, ushbu qaror qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelgani munosabati bilan qabul qilingan.

Hozirda FVV rahbarligida tegishli idoralar mutaxassislari tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmqoda.

"Qamchiq" dovonining qayta ochilishi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berilishi ma'lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar